Landscape archeology laboratory

     

       O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 21 sentabrdagi 792-sonli “Arxeologik tadqiqotlarni tubdan takomillashtirish to‘g‘risida” Qarori asosida Milliy arxeologiya markazi tashkil etildi. Ushbu Qarorga ko‘ra, 2019 yilning oxirida O‘zbekistonda ilk bor zamonaviy asbob‑uskunalar bilan jihozlangan “Landshaft arxeologiyasi” laboratoriyasiga asos solindi. Landshaft arxeologiyasi – bu arxeologik, tarixiy-geografik, ijtimoiy-geografik, paleoekologik, antropologik va toponimik izlanishlarni olib boradigan asosiy arxeologik yo‘nalishlardan biri bo‘lib, bu yo‘nalishda bo‘limimizda bir qator turli yondashuvlar qo‘llanishi rejalashtirilgan. Birinchisi – keng hududlar bo‘ylab arxeologik xususiyatlarni xaritada aks ettirish va ularning o‘tmishda va bugungi kunda yoyilish qonuniyatlarini aniqlashdir. Ikkinchisi – o‘tmish jamoalar tomonidan makonning ijtimoiy qo‘llanilishini, ularning o‘z tevaragini anglashini talqin qilishdir. Bu yerda fenomenologiyaning qo‘llanilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Landshaft arxeologiyasining eng katta ahamiyati shundaki, u arxeologlarga alohida bir arxeologik yodgorlikka bog‘lanib qolinganlik o‘rniga alternativ yondashuv taqdim etib, diqqat-e’tiborni inson jamiyati hayotini surgan birmuncha keng tegralar ko‘lamiga ko‘taradi.

Landshaft arxeologiyasida qo‘llaniladigan arxeologik artefaktlar quyidagi usullarni o‘z ichiga oladi: sun’iy yo‘ldosh va havodan olingan suratlar, yer usti izlanishlari, topografik modellashtirish, stratigrafik qazishmalar, geomorfologik izlanishlar va yer osti qidiruv texnologiyalari (georadar va magnitometriya usullari). Qisman yangi texnologiyalar natijasida tug‘ilgan (Geografik axborot tizimlari, masofadan ilg‘ash, geofizik izlanishlar bunga katta xissa qo‘shgan) landshaft-arxeologik izlanishlar keng mintaqaviy tadqiqotlar o‘tkazishga, qadimiy yo‘llar va qishloq xo‘jaligi dalalari kabi an’anaviy izlanishlarda osonlikcha ko‘rinmaydigan unsurlarni aniqlashga yordam berdi.

 

 

Laboratoriyaning maqsadiarxeologik qazishmalarda qo‘lga kiritilgan artefaktlardan farqli o‘laroq, barcha qadimiy biofakt, ekofakt va geofaktlarni o‘rganish orqali inson xulq-atvorini tiklashdan iboratdir.

Laboratoriyaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan:

– arxeologik qazishmalarda qo‘lga kiritilgan qadimiy noorganik materiallarni laborator tahlil qilish.

–qo‘lga kiritilgan ekofakt va geofaktlarni o‘rganish orqali tabiat va inson o‘rtasidagi munosabatlarni qayta tiklash.

–keng hududlar bo‘ylab arxeologik yodgorliklarning xususiyatlarni xaritada aks ettirish va ularning o‘tmishda va bugungi kunda yoyilish qonuniyatlarini aniqlash.

– o‘tmish jamoalar tomonidan makonning ijtimoiy qo‘llanilishini, ularning o‘z tevaragini anglashini talqin qilish.

– landshaft arxeologiyasi tadqiqotlarida sun’iy yo‘ldosh va havodan olingan suratlar, yer usti izlanishlari, topografik modellashtirish, stratigrafik qazishmalar, geomorfologik izlanishlar va yer osti qidiruv texnologiyalari (georadar va magnitometriya usullari) orqali keng mintaqaviy tadqiqotlar o‘tkazish.

– qadimiy yo‘llar va qishloq xo‘jaligi dalalari kabi an’anaviy izlanishlarda osonlikcha ko‘rinmaydigan unsurlarni aniqlash.

– landshaft arxeologiya yo‘nalishida ilmiy kadrlar tayyorlaydi;

–  O‘zR FAning Tabiiy fanlar bo‘limi institutlari, OTMlari va chet eldagi ilmiy markazlar bilan ilmiy aloqalarni yo‘lga qo‘yadi.

Ushbu laboratoriyada ilmiy izlanishlar arxeologiya va tabiiy fanlar bilan uyg‘unlikda olib boriladi. Bugungi kunda ushbu laboratoriyani tashkiliy jihatlari, ya’ni laboratoriya uchun uskuna va jihozlar ro‘yxatini tuzish, ularni sotib olish xarajatlar smetasini ishlab chiqish va eng muhimi ana shu asboblarni o‘z izlanishlarida qo‘llay oladigan ilmiy xodimlar, laborantlarni jalb etish va tayyorlash ustida ishlar olib borilmoqda.


1. Laboratoriya nizomi

2. Laboratoriya yo'l xaritasi

3. Laboratoriyaning 2020-2024 yillar uchun dasturi

4. Laboratoriya xodimlari hisoboti

 

 

Laboratoriya mudiri:                                  

Gordeeva Yelena Аnatolevna

Academic degree and title: tarix.f.n. (PhD), Senior Research Fellow
Phone: +998 (71)
E-mail: y.gordeeva@archaeology.uz
Number of employees: 8
Other information About scientific activity

 

Chief Research Fellow:                                 

Suleymanov Rustam Xamidovich

Academic degree and title: tarix.f.d. (DSc)
Phone: +998 (71)
E-mail: r.sulaymonov@archaeology.uz
Other information About scientific activity
 

Junior Research Fellow:

Omonov Anvarbek Murodovich

Academic degree and title:  
Phone: +998 (71)
E-mail: g.muhtorov@archaeology.uz
Other information About scientific activity

 

Junior Research Fellow:

Ibragimov Rahmon Ziyodullaevich

Academic degree and title:  
Тelefon: +998 (71)
Phone: r.ibragimov@archaeology.uz
Other information About scientific activity

 

Junior Research Fellow:          

Omonov Аnvarbek Murodovich

Academic degree and title:  
Phone: +998 (71)
E-mail: a.omonov@archaeology.uz
Other information About scientific activity

 

Junior Research Fellow:                            Uralov Abror Abdulla oglu
Academic degree and title: Kichik ilmiy xodim
Phone: +998 (71)
E-mail: omon.mamirov@mail.ru
Other information About scientific activity

 

 

Junior Research Fellow:                             

Muxammadiev Аkmal Ganievich

Academic degree and title:  
Phone: +998 (71)
E-mail: a.muxammadiev@archaeology.uz
Other information About scientific activity
 

 

Laboratory assistant:

Yusupova Nodiraxon Bahodir qizi

Academic degree and title:

 

Phone: +998 (71)
E-mail: n.yusupova@archaeology.uz
Other information: About scientific activity
 

Laboratory assistant:                               

Nusratova Shoxsanam Shukuralievna

Academic degree and title:  
Phone: +998 (71)
E-mail: sh.nusratova@archaeology.uz
Other information About scientific activity
 

×